Telemeditsina – bemorlarning sog‘lig‘ini tiklash va ular sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish orqali natijalarini yaxshilash uchun axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni anglatadi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Toshkent davlat stomatologiya instituti, Urologiya, Ginekologiya, Kardiologiya, Pediatriya, Dermatovenerologiya, Onkologiya, Ko‘z mikroxirurgiyasi va boshqa Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari mutaxassislaridan quyidagi yo‘nalishlarda maslahat olishingiz mumkin.
Telemeditsina - bu telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda tibbiy xizmatni olish uchun keng imkoniyat yaratadi. Bu telefon, video qo'ng'iroqlar, matnlar, elektron pochta yoki bemor portallari yoki ijtimoiy media kabi boshqa ulanish usullarini o'z ichiga olishi mumkin.
1. Masofadan turib yuqori malakali tibbiy xizmatdan foydalanish;
2. Ortiqcha vaqt va malbagʻ sarflanishining oldi olinishi;
3. Tekshiruv jarayonining oʻzida kasallikka toʻgʻri tashxis qoʻyish;
4. Har bir murojaat qilgan insonning ma’lumotlar bazasini shakllanishi hamda uzoq vaqt elektron tarzda saqlanishi;
5. Sogʻligʻi toʻgʻrisidagi kerakli ma’lumotlarni istalgan paytda olish imkoniyati;
6. Shifokor qabuliga onlayn yozilish, navbat kutmaslik.
Telemedisina xizmati orqali siz Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Toshkent davlat stomatologiya instituti, Urologiya, Ginekologiya, Kardiologiya, Pediatriya, Dermatologiya, Onkologiya, Ko‘z mikroxirurgiyasi Respublika ixtisoslashgan tibbiy ilmiy amaliy markazlari mutaxassisilaridan maslaxat olishingiz mumkin.